Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadagi urushni tugatishning «yagona yo‘li» aytildi

Ukrainadagi urushni tugatishning «yagona yo‘li» aytildi

Rossiya bilan mojaroga barham berishning yagona yo‘li - Ukrainaning harbiy salohiyatini maksimal darajada oshirishdir.

Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Oq xalat kiygan «tinchlikparvarlar» intilayotgan hech qanday sulh tinchlik keltira olmaydi...

Yagona yo‘l Ukrainaning harbiy salohiyatini maksimal darajada kuchaytirish, Rossiyani iqtisodiy va siyosiy izolyasiya qilish», deya yozadi Podolyak.

U shuningdek, bosib olingan hududlarning Ukrainaga qaytarilishi inqirozning tugashiga olib kelishini aytgan. 

Podolyak avvalroq Ukraina urushi 2024-yil tugashi mumkinligini aytgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring