Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtdoshlarini qullikka giriftor qilgan samoalik rahnamo 11 yilga «kesildi»

Yurtdoshlarini qullikka giriftor qilgan samoalik rahnamo 11 yilga «kesildi»

Foto: «Stuff»

Yangi Zelandiya sudi millatdoshlarini qullikka majburlagani uchun samoalik sardorni 11 yil qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar berdi mahalliy «Stuff» portali.

Tergov natijalariga ko‘ra, 66 yoshli Jozef Matamata 24 yil davomida samoalik fuqarolarni yaxshi maoshli ishga qiziqtirib Yangi Zelandiyaga chorlagan. Aslida polineziyalik muhojirlar Matamataning uyi va fermasida har kuni tekinga ishlashga majbur qilingan. Bo‘yin tovlaganlar esa ayovsiz kaltaklangan.

Sud jarayonida Matamata Samoa matai sardori unvoniga ega ekanligi ko‘plab kishilarning aldanib qolishiga sabab bo‘lgani aniqlandi.

Matamata, shuningdek, o‘zining 13 nafar «o‘lja»siga kompensatsiya sifatida 183 ming Yangi Zelandiya dollari (122 ming AQSh dollari) to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi. Ularning eng kichigi Yangi Zelandiyaga kelganida bor-yo‘g‘i 12 yoshda bo‘lgan.

Matamata ishi Yangi Zelandiya tarixida quldorlikka oid birinchi sud jarayoni bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring