Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Vanuatu qirg‘oqlari yaqinida kuchli yer silkinishlari sodir bo‘ldi

Vanuatu qirg‘oqlari yaqinida kuchli yer silkinishlari sodir bo‘ldi

Bugun, 24-oktyabr sanasida Vanuatu qirg‘oqlari yaqinida kuchli yer silkinishlari sodir bo‘ldi. AQSh Geologiya xizmati (USGS) dastlab eng kuchli zilzila magnitudasini 7,2 deb baholadi.

Keyinroq USGS asosiy yer silkinishi ko‘rsatkichlarni qayta hisoblab chiqib, uning magnitudasini 7,2 dan 6,9 gacha pasaytirdi.

Birinchi zilziladan bir necha daqiqa o‘tib, xuddi shu hududda magnitudasi 6,3 ga teng ikkinchi kuchli silkinish qayd etildi.

Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan (bu yer yuzasiga yaqin va xavfli hisoblanadi). Epitsentr dengizda, Sola shahridan (Torba viloyati markazi) taxminan 200 km g‘arbda va Port-Olri shahridan shimolroqda joylashgan.

Zilziladan so‘ng darhol Tinch okeani sunamidan ogohlantirish markazi (PTWC) epitsentrdan 300 km radiusda xavfli to‘lqinlar yuzaga kelishi mumkinligini e’lon qildi. Mahalliy geoxavflar departamenti qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi aholini zudlik bilan balandliklarga evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi. Keyinroq sunami xavfi bekor qilindi.

Ayni paytgacha orollarda jiddiy vayronagarchiliklar kuzatilgani yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi. Vanuatu Tinch okeanining «Olovli halqa» deb ataluvchi hududida joylashgani sababli, bu yerda kuchli seysmik faollik tez-tez kuzatilib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring