WSJ: AQShga raketalar zaxirasini to‘ldirish uchun 11 mlrd dollar kerak
AQSh Mudofaa vazirligi Kongressdan raketalar zaxirasini qayta to‘ldirish uchun 11 mlrd dollar ajratishni so‘radi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar qildi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQShning Eronga qarshi «Epic Fury» («Epik g‘azab») deb nomlangan harbiy amaliyotining dastlabki to‘rt kuni taxminan 11 mlrd dollarga tushgan.
Xabarda aytilishicha, Pentagon mutaxassislari so‘nggi harbiy harakatlar davomida sarflangan raketa arsenalini tiklash bo‘yicha takliflar tayyorlamoqda.
Tahlillarga ko‘ra, Kongressdan favqulodda mablag‘ ajratish so‘ralishi mumkin. Bu mablag‘lar asosan quyidagi qurol tizimlarini xarid qilishga yo‘naltiriladi:
- Patriot havo mudofaa raketa majmuasi
- Tomahawk qanotli raketalari
- THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi
Bu qurollar AQSh va Isroilning Eronga qarshi qo‘shma harbiy amaliyoti boshlanganidan beri katta miqdorda ishlatilgani aytilmoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda o‘rta va yirik kalibrli o‘q-dorilar zaxirasi katta ekanini, ammo ular hali kerakli darajaga yetmaganini bildirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter