Xalqaro jinoyat sudi bosh prokurori Karim Xon lavozimidan chetlatildi
Xalqaro jinoyat sudi (ICC) bosh prokurori Karim Xon sud xodimalaridan biriga nisbatan uzoq vaqt davomida ta’qib va shilqimlik gumonlanib, o‘z vazifasidan vaqtincha chetlatildi.
Sudning boshqaruv organi ma’lum qilishicha, bu boradagi qaror 18 oy davom etgan o‘rganishlar natijasida qabul qilingan va darhol kuchga kirgan.
Karim Xon barcha ayblovlarni rad etmoqda. Uning advokatlari chetlatish qarorini «qonunga zid, adolatsiz va yetarli dalillar bilan asoslanmagan» deb atadi.
Shu bilan birga, BMT tergovchilari hisobotida ayblovlarni tasdiqlovchi asoslar mavjudligi qayd etilgan bo‘lsa-da, mazkur xulosani o‘rgangan uch nafar sudya dalillar aybni «shubhadan xoli darajada» isbotlash uchun yetarli emasligini bildirgan.
Hozircha Karim Xonga nisbatan jinoiy ayblov qo‘yilmagan.
Karim Xon 2021 yildan buyon Xalqaro jinoyat sudi bosh prokurori sifatida ishlab kelayotgan edi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga nisbatan hibsga olish orderlari chiqarilishi bilan xalqaro miqyosda katta e’tibor qozongan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter