Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xarkov viloyatida samolyot halokati sabab motam kuni e’lon qilindi — tafsilotlar (foto+video)

Xarkov viloyatida samolyot halokati sabab motam kuni e’lon qilindi — tafsilotlar (foto+video)

Foto: «Day-inews.ru»

26-sentyabrda Xarkov viloyatida An-26 harbiy-transport samolyoti falokatga uchrashi sababli motam kuni e’lon qilindi, deya xabar berdi Xarkov gubernatori Aleksey Kucher matbuot xizmati.

An-26 samolyoti 25-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 20:45 da (22:45 t.v.) Chuguyev shahri yaqinida o‘quv parvozi paytida qulab tushgan. Samolyot bortida 27 kishi bo‘lgan: 7 nafar ekipaj a’zosi va 20 nafar Ivan Kojedub nomidagi Xarkov Havo kuchlari universitetining sinov parvozini amalga oshirayotgan kursantlari. Bitta kursantga uchishga ruxsat berilmagani aniqlandi.

25 kishi halok bo‘lgan, ikki nafar kursant omon qolgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi halok bo‘lgan, ikki nafar kursant omon qolgan: ular qulayotgan samolyotdan oxirgi lahzalarda sakrashga ulgurgan. Hozir shifoxonada, ahvollari og‘ir.

«Xarkov viloyatida 2020-yil 26-sentyabrda AN-26 samolyoti halokati qurbonlari uchun Motam kuni e’lon qilinsin. Motam kuni butun viloyat hududida barcha hokimiyat organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari Ukraina davlat bayrog‘ini tushiring va ularga motam tasmasini taqing», — deyiladi viloyat hokimligi saytida.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ham ushbu choralar tavsiya etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring