Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy Erondan Hurmuz bo‘g‘ozini yopmaslikni talab qildi

Xitoy Erondan Hurmuz bo‘g‘ozini yopmaslikni talab qildi

Foto: Anadolu

Xitoy Erondan Hurmuz bo‘g‘ozi orqali amalga oshiriladigan energiya yetkazib berish zanjiriga daxl qilmaslikni talab qilmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Pekinning bunday qat’iy pozitsiyasi Xitoy iqtisodiyoti Fors ko‘rfazi mamlakatlarining energiya manbalariga, xususan, Qatar gaziga nihoyatda bog‘lanib qolgani bilan izohlanadi. Yaqin Sharqdagi keskinlik ortishi oqibatida tankerlar qatnovi va Qatarda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish jarayoni qisqa muddatga to‘xtab qolgan.

Vaziyat Saudiya Arabistonidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar orqali berilgan zarbadan so‘ng yanada og‘irlashdi. Korxona ishini to‘xtatib, xodimlarini evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Eron ushbu hujumga aloqasi yo‘qligini bildirib, aybni Isroilga yuklagan bo‘lsa-da, Tehrondan kelayotgan rasmiy bayonotlar vaziyatni yanada qizdirmoqda.

Xususan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni maslahatchisi Ibrohim Jabboriy keskin ogohlantirish bilan chiqdi: «Hurmuz bo‘g‘ozi yopiq. Undan o‘tishga uringan har qanday kemani yoqib yuboramiz. Biz quvurlarga ham zarba beramiz va bu hududdan bir tomchi ham neft chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz».

Bunday tahdidlar fonida Xitoy rasmiylari Tehronni jahon va Xitoy bozori uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan energiya yo‘nalishlarini nishonga olmaslikka chaqirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring