Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy sudi 10 daqiqada o‘lim hukmini chiqardi

Xitoy sudi 10 daqiqada o‘lim hukmini chiqardi

Foto: Shutterstock/FOTODOM

Xitoy sudi yapon maktabi avtobusiga pichoq bilan hujum qilgan erkakni o‘limga hukm qildi, deb xabar berdi Associated Press.

52 yoshli Chjou Szyashen Shanxayda bolalarni olib ketayotgan avtobusga hujum qilib, ona va bolaga jarohat yetkazgan, uni to‘xtatishga uringan avtobus kuzatuvchisi olgan jarohati oqibatida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, erkak «qarzga botgani uchun yashashni istamay» jinoyatga qo‘l urgan. RIA Novosti aniqlik kiritishicha, sud 10 daqiqa davom etgan. Ayblanuvchi o‘limga hukm qilindi. Sudda Yaponiyaning konsulxonasi vakillari qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring