Xitoydagi ultramarafonda 21 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan Gansu provinsiyasidagi ultramarafonda 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
100 kilometr masofaga yugurish 22-may, shanba kuni Bayin shahri yaqinida boshlangan, bu vaqtda esa hududda ob-havo sharoiti keskin yomonlashgan. Ultramarafonning balandlikdagi bosqichida havo harorati pasayib, kuchli shamol bo‘ldi va do‘l yog‘di.
Natijada ultramarafon ishtirok etgan 172 kishidan 151 nafari evakuatsiya qilindi. Voqea joyiga 700 nafar qutqaruvchi yuborilib, bedarak ketgan yuguruvchilarni qidirishni tashkil etishdi. Shuningdek, sakkiz kishi jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter