Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yapon ayollari 41-rekordni o‘rnatdi

Yapon ayollari 41-rekordni o‘rnatdi

Illyustrativ foto

Yaponiya ayollarning uzoq umr ko‘rishi bo‘yicha o‘rtacha umr davomiyligi bo‘yicha yana dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

Yaponiya ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha dunyoda yetakchilikni saqlab qoldi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda yapon ayolining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 87,33 yilni tashkil etgan.

E’tiborli tomoni, Yaponiya ayollar umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha 41 yildan buyon jahonda yetakchi bo‘lib kelmoqda.

Yapon erkaklarining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 81,35 yilni tashkil etdi. Bu borada ular dunyoda yettinchi o‘rinda — Shvetsiya, Norvegiya, Italiya va yana bir nechta mamlakat Kunchiqar yurtdan oldinda.

Bir necha yil avval COVID-19 pandemiyasi tufayli Yaponiyada o‘rtacha umr davomiyligi biroz pasaygan edi. Biroq 2023-yildan boshlab bu ko‘rsatkich yana o‘sish nuqtasiga yetdi va va pandemiyadan oldingi darajadan ham yuqoriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring