Yaponlar qoramollarni zebraga o‘xshatib bo‘yagani uchun Shnobel mukofotiga sazovor bo‘ldi...

Kuni kecha 11 nafar yapon olimi biologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi deb yozadi Kuodo nashri.
Bostonda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda e’tirof etilishicha 19 yildirki, kamida bitta yapon fuqarosi nufuzli Nobel mukofotlariga ega bo‘ladi. 1991-yildan beri har yili beriladigan mukofotlarni e’lon qilib kelayotgan «Annals of Improbable Research» ilmiy hazil jurnalida yozilishicha, e’tirof «avval odamlarni kuldirib, keyin o‘ylantiradigan» ilmiy yutuqlarni sharaflashga qaratilgan. Har yili turli nominatsiyalar bo‘yicha hayratlanarli izlanishlar uchun o‘nta shunday mukofot beriladi.
Yaponiya olimlari tomonidan 2019-yilda chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, sigirlarga oq-qora chiziqlar chizish chivin hujumlari bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam beradi — sigirlarning o‘tlashi, yaxshi boqilishi va jarohat olishining oldini oladi. Chunki chorvachilikda chivinlarga qarshi kurash uchun AQSh yiliga 2,2 milliard dollar mablag‘ sarflaydi.
Bu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sigirlarga chizilgan oq chiziqlar bo‘yalmagan jonivorlarga qaraganda 50 foizga kamroq chivinlarga talanadi. Mollarga yo‘l-yo‘l chiziq bilan ishlov berish hozirda pashshalarga qarshi qo‘llanilayotgan pestitsidlarga muqobil bo‘lishi mumkin, bu inson va hayvonlar salomatligi va atrof-muhit uchun foyda keltiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter