Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yodgorliklarni tahqirlash Qozog‘istonda ham kuzatilmoqda: Abay haykaliga hurmatsizlik qilgan shaxs qanday jazolandi? (video)

Yodgorliklarni tahqirlash Qozog‘istonda ham kuzatilmoqda: Abay haykaliga hurmatsizlik qilgan shaxs qanday jazolandi? (video)

Foto: «Zakon.kz»

Qozog‘istonda Abay haykaliga tuxum va tualet qog‘ozi uloqtirgan pavlodarlik shaxs qo‘lga olingani haqida «Zakon.kz» xabar berdi.

Pavlodar viloyat sudi ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli shaxs aybiga iqror, qilgan ishidan pushaymon.

Mazkur shaxs ilgari ham ma’muriy javobgarlikka tortilgani (shaharlar va aholi maskanlari hududlarida obodonchilik qoidalarini buzib, ifloslantirgan, jamoat joyida spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, birovlarni haqorat qilgan, tinchligini buzgan va h.o)ni nazarda tutgan sud unga yetti sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Sud qayd etishicha, mazkur shaxs, shuningdek, 2018 yil noyabrida, transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmay turib, YTH sodir etib, voqea joyidan qochib ketgani uchun ham ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Sud qarori qonuniy kuchga kirgan emas.

Quyidagi videoga ko‘ra, qilmishidan pushaymon tartibbuzar aybini haykalni yuvish bilan «yuvmoqchi».

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Moy Pavlodar (@mypavlodar)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring