Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zamonamizning eng qonli mojarosi haqida ma’lumot berildi

Zamonamizning eng qonli mojarosi haqida ma’lumot berildi

O‘tgan yili dunyodagi eng qonli mojaro Ukrainada emas, Efiopiyada bo‘lgan, deya yozmoqda The Economist nashri.

Aytilishicha, Crysys Group tahlil markazi tomonidan 2020 va 2022 yillar oralig‘ida Efiopiyadagi fuqarolar urushida halok bo‘lganlar soni 600 mingga baholangan.

10 aprel holatiga ko‘ra, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainadagi mojaroda halok bo‘lgan tinch aholi sonini 8490 nafar deb hisoblagan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti harbiy xizmatchilar safidagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot bermayapti.

Efiopiyada markaziy hukumat va Tigray avtonom hududi rahbariyati o‘rtasida janglar 2020-2022 yillarda bo‘lib o‘tdi va o‘tgan yili noyabrda JARda harbiy harakatlarni tugatish bo‘yicha bitim bilan nihoyasiga yetdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring