Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy BMT Bosh kotibining Kiyevga tashrifini rad etdi

Zelenskiy BMT Bosh kotibining Kiyevga tashrifini rad etdi

Vladimir Zelenskiy Qozondagi BRIKS sammitidagi ishtiroki tufayli BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Kiyevga tashrifini rad etdi.

Bu haqda Ukraina prezidenti devonidagi yuqori martabali manbasiga tayanib AFP agentligi yozmoqda.

Payshanba kuni Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitida Guterrish urushni tugatish uchun Ukrainada «adolatli tinchlik» o‘rnatishga chaqirdi, biroq uning ishtiroki Kiyevda g‘azab uyg‘otdi.

«Qozondan keyin Guterrish Ukrainaga kelmoqchi edi, biroq prezident tashrifini tasdiqlamadi. Guterrish Qozonda xalqaro qonunlarni kamsitgani sababli bu yerda bo‘lmaydi», – deydi AFP manbasi.

BMT bayonotiga ko‘ra, Putin bilan muzokaralar chog‘ida Guterrish «Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi BMT Nizomi va xalqaro huquqni buzish ekanligini» aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina TIV Guterrishning Tatariston poytaxtiga tashrif buyurish qarorini tanqid qilib, Shveysariyadagi Tinchlik sammitida ishtirok etmaganini qayd etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring