Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Rossiya yangi yirik hujum tayyorlayotganidan ogohlantirdi

Zelenskiy Rossiya yangi yirik hujum tayyorlayotganidan ogohlantirdi

Foto: AP

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi yangi keng ko‘lamli hujum tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi. Uning aytishicha, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida mamlakat hududiga navbatdagi «yirik zarba» berilishi mumkin.

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida aholini havo xavf signallariga jiddiy e’tibor qaratish va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirdi.

Bu bayonot Rossiya o‘tgan hafta Kiyev viloyatiga qarshi amalga oshirgan yirik hujumdan keyin yangradi. Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha hujumda 90 ta raketa va 600 ta dron qo‘llangan. Shuningdek, Rossiya «Oreshnik» deb ataluvchi o‘rta masofali ballistik raketa ishlatgani aytilmoqda. Mazkur raketa yadroviy zaryad tashish imkoniyatiga ega ekani ta’kidlanmoqda.

«Oreshnik» raketasi ilk bor 2024 yilda Dnepr shahriga qilingan zarbada qo‘llangan edi. Uning navbatdagi ishlatilishi Yevropa davlatlari rahbarlari tomonidan keskin tanqid qilindi.

Ayni paytda Zelenskiy G‘arb davlatlaridan, ayniqsa AQShdan, Ukraina havo mudofaasi uchun qo‘shimcha Patriot tizimlari va ular uchun raketa berishni so‘ramoqda. Uning ta’kidlashicha, mamlakat uchun «Patriot batareyalarining raketa zaxirasiz qolishi» eng og‘ir muammolardan biriga aylangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina rahbari AQSh prezidenti Donald Trampga ham qo‘shimcha o‘q-dorilar ajratish bo‘yicha maxsus maktub yo‘llagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring