Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy urush bo‘yicha xavotirli bayonot berdi

Zelenskiy urush bo‘yicha xavotirli bayonot berdi

Foto: DW

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yangi videomurojaat e’lon qildi.

Unda Donbass hududida shiddatli janglar boshlanayotgani ma’lum qilingan. 

«Janglar shiddatli tus oldi. Kurashamiz. Ukrain zaminini birovlarga berib qo‘ymaymiz, boshqalarning yeri esa bizga kerakmas», — degan Zelenskiy murojaatida.

Natijada vayronagarchilik va qurbonlar yanada ko‘payishi mumkin.  

Avvalroq, OAVda Rossiya kuchlari Donbass hududida to‘planayotgani bo‘yicha xabarlar berilgandi. Tahlilchilarga ko‘ra, rus tomonida endilikda asosiy e’tiborini ushbu hududdagi harbiy harakatlarga qaratishi kutilyapti. 

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak urushning ikkinchi fazasi boshlanayotganini ma’lum qilgan. 

Kuni kecha Lugansk viloyati rahbari aholidan hududni tezda tark etishni so‘ragandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring