Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda yangi Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi

Xorazmda yangi Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi

«Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi.

Qaror bilan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Tuproqqal’a tumanidagi bo‘linmalari ro‘yxati hamda ushbu tumanni tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Respublika komissiyasi tumanni tashkil etish bilan bog‘liq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlaydi.

Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, shuningdek davlat xizmatlari markazi tashkil etiladi.

2020-yil 1-sentyabrga qadar tuman markazining 2035-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, tumanning butun hududi uchun «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasida belgilangan imtiyoz va preferensiyalar amal qilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring