Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sayxunobod tajribasi» salkam yarim million aholini ishli qilishi mumkin

«Sayxunobod tajribasi» salkam yarim million aholini ishli qilishi mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari o‘zini oqlaganini hisobga olib, ularga yangi sur’at bag‘ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, hali 4 ming 122 ta mahallada ixtisoslashuv darajasi pastligi qayd etildi.

Joriy yil yakunigacha «Sayxunobod tajribasi», ya’ni iqtisodiy kompleks tashkilotlarining mahallaga tushib, xonadonbay ishlash tizimi asosida har bir mahalladagi xonadonlar uchun moliyaviy paket qilib berilishi belgilandi. Bu orqali 495 ming aholi bandligini ta’minlash mumkin bo‘ladi.

Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda «Oilaviy tadbirkorlik» dasturi qamrovini 1,5 barobar oshirib, 4 trillion so‘m ajratish topshirildi.

Yil yakunigacha kamida 50 ta yangi mikro-moliyalash tashkilotini ochib, ularni kreditlashga 1 trillion so‘m resurs berish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring