Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuqori sifatli benzin ishlab chiqarish hajmi oshiriladi – «O‘zbekneftgaz»

Yuqori sifatli benzin ishlab chiqarish hajmi oshiriladi – «O‘zbekneftgaz»

Ma’lumki, hukumat tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish orqali «Yevro-5» sinfidagi yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga o‘tish va «Yevro-2» sinfidagi AI-80 benzinidan voz kechish belgilangan.

Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ va Fransiyaning «Axens» kompaniyasi o‘rtasida texnologik qurilmalarni loyihalashtirish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

14-16 may kunlari poytaxtda o‘tkazilayotgan «O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024» xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan «Axens» kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha litsenziarning loyiha hujjatlarini amalga oshirish jadvalini tezlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar munosabatlarni yanada rivojlantirish, loyiha bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring