Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hojilarimiz yurtimizga qaytadigan sanalar e’lon qilindi

Hojilarimiz yurtimizga qaytadigan sanalar e’lon qilindi

«Haj – 2024» mavsumi ibodatu ziyoratlarini ko‘tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetkazayotgan ziyoratchilarimiz joriy yilning 22 iyun – 12 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi.

Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga «Uzbekistan Airways»ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlari orqali parvoz qilib, qaytib keladilar.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 15 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring