Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Kim Chen Inga nimalar sovg‘a qilganiga aniqlik kiritildi

Putin Kim Chen Inga nimalar sovg‘a qilganiga aniqlik kiritildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In bilan sovg‘alar almashdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Putin Kim Chen Inga yangi Aurus avtomobili, xanjar va serviz sovg‘a qilgan.

«Sovg‘alar allaqachon almashtirilgan. Biz Aurus mashinasini berdik. Shuningdek, admiral xanjar va serviz ham bor», — dedi Yuriy Ushakov TASS jurnalistlariga.

Lekin Rossiya prezidentining yordamchisi Kim Chen In Vladimir Putinga aynan nimani sovg‘a qilganini aytmagan. 

Vladimir Putin 2024-yil fevralida ham Kim Chen Inga birinchi Aurus mashinasini taqdim etgan. KXDR raisi ushbu avtomobilni sovg‘a sifatida olgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Putin ayni damda davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyada bo‘lib turibdi. Bu uning 24 yilda ushbu mamlakatga ikkinchi tashrifidir. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring