Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV ko‘mir va gaz yetkazishni nazoratga oladi

IIV ko‘mir va gaz yetkazishni nazoratga oladi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Aholiga gaz va ko‘mir yetkazishni IIV nazorat qiladi.

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mirning o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilishi, shuningdek, ularning talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat kuchaytiriladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda suyultirilgan gaz ballonlarini belgilangan grafik asosida yetkazish, aholidan asossiz to‘lov talab qilish va mahsulotni me’yordan kam berish holatlarining oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir oyda ko‘mirni noqonuniy saqlash va sotish bilan bog‘liq 16 ta holat aniqlanib, 333,5 tonna ko‘mir musodara qilingan va aholiga yetkazilgan.

Shuningdek, suyultirilgan gaz bilan bog‘liq 374 ta qonunbuzarlik aniqlanib, 9 139 ta gaz balloni va qariyb 93 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olingan.

Mas’ullarga gaz to‘ldirish shoxobchalari, omborlar va taqsimlash bazalarida nazoratni kuchaytirish, energetika resurslarini tashish va tarqatishda talon-torojlikning oldini olish vazifasi yuklatildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring