Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhim: jazirama issiqda bu ichimliklardan voz keching

Muhim: jazirama issiqda bu ichimliklardan voz keching

Issiq havoda shirin gazlangan ichimliklar, qahva shuningdek, har qanday spirtli ichimliklardan voz kechish kerak. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti bosh mustaqil mutaxassisi Andrey Tyajelnikov ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, shirin ichimliklar tarkibidagi shakar chanqoqni qondirmaydi va faqat suvsizlanishni oshiradi. Qahva va achchiq damlangan choyga kelsak, ular diuretik ta’sirga ega va qimmatbaho minerallar bilan birga tanadan suyuqlikni olib tashlaydi.

Issiqlikda spirtli ichimliklarni qat’iyan taqiqlash kerak, chunki u yurak va qon tomirlariga, butun tanaga yukni oshiradi. Chekishni tashlash yaxshiroqdir, chunki issiq havoda tamakining toksik ta’siri kuchayadi.

Tyajelnikov ko‘proq toza suv ichishni tavsiya qildi.

«Umumiy tavsiya - kuniga kamida 2,5 litr ichish. Chanqoqlik paydo bo‘lganda va buyraklarni ortiqcha yuklamaslik uchun har soatda, taxminan 100 millilitrdan toza suv ichish kerak», - deb tushuntirdi shifokor.

Ichimlik suviga limon sharbati, yalpiz va rezavorlar qo‘shishingiz mumkin. Issiq havoda o‘simlik choyi, shakarsiz meva sharbati, kompot va kam minerallangan suv ham foydalidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring