O‘zbekiston Vengriya bilan chorvachilik sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Vengriya chorvachilik sohasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, naslli qoramollar importi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida Vengriyaning HOLSTEIN assotsiatsiyasi mintaqaviy direktori Tamash Shebyok boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda chorvachilik sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba va texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, mahalliy qoramol zotlarining genetik pasportini yaratish, Vengriyadan naslli qoramollar import qilishni yo‘lga qo‘yish hamda embrion transplantatsiyasi texnologiyasini joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, institut mutaxassislarining Vengriyada malaka oshirishini tashkil etish masalasi ham kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida chorvachilik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter