Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Subsidiya uchun ariza berish qachondan boshlanishi aniq bo‘ldi

Subsidiya uchun ariza berish qachondan boshlanishi aniq bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi. 

​Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qilish muddati doirasida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qilish joriy yilning 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi. 

​Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.

​Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, o‘rtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim.

Subsidiya olish uchun quyidagi usullar:

- Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;

- myGov mobil ilovasi;

- my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topshirish mumkin. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring