Dunyodagi eng dahshatli va mashhur 15 ta qamoqxona
Ushbu qamoqxonalar shafqatsiz tartib-qoidalari, qiynoqlar, qochib ketishning deyarli imkoni yo‘qligi yoki inson huquqlari bilan bog‘liq bahslari tufayli dunyoga mashhur bo‘lgan.
1. “Alkatras” (AQSh)
“Asr qoyasi” deb nom olgan ushbu qamoqxona San-Fransisko ko‘rfazidagi orolda joylashgan. Bu yerda Al Kapone kabi mashhur kallakesar-jinoyatchilar jazo o‘tagan.
Qamoqxona 1934–1963 yillarda faoliyat ko‘rsatgan va undan muvaffaqiyatli qochib ketilgani hech qachon rasman tasdiqlanmagan.
2. “Florens” (AQSh)
Amerikadagi eng kuchli qo‘riqlanadigan “Supermax” qamoqxonasi. Mahbuslar kuniga taxminan 23 soatni yakka kamerada o‘tkazadi. Bu yerda eng xavfli terrorchilar va jinoyatchilar saqlanadi.
3. “Qora delfin” (Rossiya)
Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan eng xavfli mahbuslar uchun mo‘ljallangan hibsxona. Mahbuslar harakatlanganda belidan egilgan holda yurishga majbur qilinadi. Ular doimiy videokuzatuv ostida bo‘ladi.
4. “Bankvang” (“Bangkok Xilton”, Tailand)
O‘lim jazosi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahbuslari bilan tanilgan. Ilgari mahbuslar oyog‘iga uzoq vaqt temir zanjir taqib qo‘yilgani bilan ham mashhur.
5. “Raykers oroli” (AQSh)
Nyu-Yorkdagi mashhur hibsxona majmuasi. Zo‘ravonlik, turli to‘dalar va tartib-intizomga taalluqli muammolar bilan ko‘p bor tanqid qilingan.
6. “La Sabaneta” (Venesuela)
O‘ta tiqilinchligi va mahbuslar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlari bilan mashhur hibsxona. Bir necha marta yuzlab odamlar halok bo‘lgan isyonlar bo‘lib turgan.
7. 14-sonli siyosiy mahbuslar lageri (Shimoliy Koreya)
Siyosiy mahbuslar lageri sifatida tilga olinadi. Xalqaro tashkilotlar bu yerda majburiy mehnat va og‘ir huquqbuzarliklar haqida ko‘p bor xabar bergan.
8. “Saydnaya” (Suriya)
“Qassobxona” nomi bilan tanilgan harbiy qamoqxona. Xalqaro huquq himoyachilari ushbu hibsxonada ommaviy qiynoqlar va qatllar bo‘lganini bildirgan.
9. “Evin” (Eron)
Asosan, siyosiy mahbuslar saqlanadigan qamoqxona sifatida mashhur. Inson huquqlari bilan bog‘liq ko‘plab xalqaro tanqidlarga sabab bo‘lgan.
10. “Inseyn” (Myanma)
Yuqori darajada tiqilinchligi va og‘ir sharoitlari bilan tanilgan hibsxona. Siyosiy mahbuslar ham ushbu qamoqxonada saqlangan.
11. “Karandiru” (Braziliya)
1992-yilda yuz bergan qonli qirg‘in sabab tarixga kirgan. Isyonni bostirish paytida 100 dan ortiq mahbus halok bo‘lgan. Keyinchalik qamoqxona buzib tashlangan.
12. “San-Kventin” (AQSh)
Kaliforniyadagi eng mashhur qamoqxonalardan biri. O‘lim jazosiga hukm qilingan mahbuslar bilan mashhur bo‘lgan.
13. “Diyorbakr” (Turkiya)
1980-yillarda siyosiy mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llangani haqida ko‘plab guvohliklar mavjud.
14. “Tandmor” (Suriya)
Cho‘l o‘rtasida joylashgan mazkur qamoqxona uzoq yillar davomida Yaqin Sharqdagi eng shafqatsiz qamoqxonalardan biri sifatida tilga olingan.
15. “Silivri” (Turkiya)
Bu maskan shafqatsizligi bilan emas, balki Ginnes rekordiga kirgan eng katta qamoqxona ekani bilan mashhur. 2019-yilda mahbuslar soni 22 781 nafarga yetgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter