Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportida endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalari sotilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportida endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalari sotilmoqda

Foto: Xabar.uz

Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatida, jo‘nab ketish zalining VIP hamda CIP zallari yonida joylashgan kassada endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Bular:

  1. Uzbekistan Airways
  2. Silk Avia
  3. Centrum Air
  4. Qanot Sharq
  5. Air Samarkand
  6. Turkish Airlines
  7. Asiana Airlines
  8. Lot Airlines
  9. Belavia
  10. Air Astana
  11. Aeroflot
  12. Ural Airlines
  13. S7
  14. Red Wings
  15. Utair

Bundan tashqari, kassada yo‘lovchilar Uzbekistan Airways, Silk Avia, Centrum Air qo‘shimcha xizmatlari uchun haq to‘lashlari mumkin. Ya’ni, aviachiptalarni xarid qilishdan tashqari, chiptalarni qayta bron qilish va qayta rasmiylashtirish, xizmat ko‘rsatish klassini ko‘tarish yoki tushirish, ortiqcha va maxsus bagaj, shu jumladan, o‘simlik va hayvonlarni tashish uchun to‘lovlarni amalga oshirsa bo‘ladi.

Shuningdek, bu yerda «Fast Track» va aeroportning yuqori qulaylikdagi «CIP Lounge» va «Anor» zallari xizmati uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring