Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ko‘paymoqda

Turkiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ko‘paymoqda

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 31,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 ming nafarga yoki 5,8 foizga oshgan.

2024 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari:

qarindoshlarni yo‘qlash – 13 444 nafar;

sayyohlik – 12 661 nafar;

xizmat yuzasidan – 4 833 nafar;

tijorat – 410 nafar;

o‘qish – 42 nafar;

davolanish – 17 nafar.

Avvalroq O‘zbekistonga o‘qish maqsadida eng ko‘p hindistonliklar kelayotgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring