Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniy meros himoyasini kuchaytirish bo‘yicha xalqaro trening tashkil etildi

Madaniy meros himoyasini kuchaytirish bo‘yicha xalqaro trening tashkil etildi

2023 -yilning 5-7-iyun kunlari YuNESKO tomonidan Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish: huquqni muhofaza qilish va sud hokimiyati organlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha trening" mavzusida mintaqaviy seminar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbir mintaqaviy hamkorlik orqali mas’ul xodimlarning zarur bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, qulay axborot almashinuv tizimini joriy etishga, noqonuniy sotilgan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Mazkur seminarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Eron, Pokiston huquq-tartibot va sud organlari xodimlari, shuningdek, Yevropada yashovchi afg‘onistonlik ishtirokchilar madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasidagi zarur bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida ishtirok etmoqda.

Interpol, Jahon bojxona tashkiloti (JST) va Xalqaro muzeylar kengashi (ISOM) bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar noqonuniy sotilgan madaniy boyliklarni musodara qilish bo‘yicha axborot almashish, harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi tarmoq yaratish orqali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Ta’kidlash lozim, mazkur seminar-trening madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashning yangi bosqichga ko‘tarish, ularni o‘g‘irlash hamda qalbakilashtirishning oldini olishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring