Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mo‘g‘uliston prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Mo‘g‘uliston prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan birgalikda «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Oliy martabali mehmon majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi.

«Majmua Mo‘g‘uliston delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Qayd etish o‘rinliki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Oliy martabali mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring