Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘quvchilarning yozgan insholarini tahlil qiladigan tizim yaratiladi

O‘quvchilarning yozgan insholarini tahlil qiladigan tizim yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi muloqotda bolalarning yozma ishlarini chuqur tahlil qilib, ularning orzu va intilishlarini aniqlab, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Siz, hurmatli ustozlar maktab o‘quvchilaridan “Men qanday kasb egasi bo‘lmoqchiman?” degan mavzuda insholar, yozma ishlar olasizlar. Lekin, o‘quvchilar yozgan ana shu ishlar tahlili bilan kimdir shug‘ullanyaptimi?

Respublika va viloyat kesimida farzandlarimiz qaysi kasblarni eng ko‘p tanlashmoqda?

Eng muhimi, bolalarimiz tanlayotgan kasblarga kelajakda mehnat bozorida talab bo‘ladimi o‘zi?” – dedi Prezident ushbu muhim masalaga e’tibor qaratib.

Mutasaddilarga maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularda insholar, yozma ishlar tanlovlarini o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish va ularning tahlili bo‘yicha yangi tizim yaratish topshirildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring