Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston davlat OTMlaridagi super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

O‘zbekiston davlat OTMlaridagi super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

2024/2025 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, joriy o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlangan.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foizlik chegirma berilishi ma’lum qilindi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlarini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring