Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Super kontrakt» uchun shartnomalar berish boshlandi

«Super kontrakt» uchun shartnomalar berish boshlandi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

  • 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

  • oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi;
  • moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda.

Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda.

Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring