Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polsha o‘zbekistonliklar uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin

Polsha o‘zbekistonliklar uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev va Polsha TIV rahbari o‘rinbosari Genrika Moshchitska-Dendis uchrashuvida konsullik-huquqiy sohadagi ikki davlat munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi tahlil qilindi. Tomonlar barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, ikki davlat TIV konsullik departamentlari o‘rtasida 2024 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan maslahatlashuvlarning birinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar, shuningdek, mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga e’tibor qaratdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring