Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonga bormoqchi bo‘lgan mehnat muhojirlari ogohlantirildi

Qozog‘istonga bormoqchi bo‘lgan mehnat muhojirlari ogohlantirildi

Qozog‘istonga bormoqchi bo‘lgan mehnat muhojirlari ogohlantirildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, joriy yilning 3-iyun kunidan boshlab, Qozog‘istonning barcha hududlarida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida «Nelegal-2024» reyd tadbirlari o‘tkazilyapti.

Ushbu reyd tadbirlari davomida Qozog‘iston hududida qonuniy bo‘lib turish va qonuniy mehnat migratsiyasi tartibini buzgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Agentlikning ma’lum qilishicha, qonunbuzilish holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda.

«Shu munosabat bilan, ushbu davlatga borayotgan va bo‘lib turgan yurtdoshlarimizdan migratsiya qoidalariga rioya qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida 30 kun muddatgacha bo‘lib turishi mumkin, ammo ushbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Bundan tashqari, ishlash uchun ushbu davlatga borgan shaxslardan darhol ishlash uchun va vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olish  so‘ralmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring