Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent yerusti metrosi tezligiga cheklov joriy etiladi

Toshkent yerusti metrosi tezligiga cheklov joriy etiladi

Toshkent metropolitenning Yer usti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida havo haroratining ko‘tarilishi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligining vaqtincha cheklovi joriy etiladi.

«Bu tadbir poyezdlar harakati va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi», – deyiladi «Toshkent metropoliteni» korxonasi xabarida.

Ta’kidlanishicha, yoz mavsumida Toshkent shahrida havo harorati keskin ko‘tarilishi va natijada yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlaridagi haroratning oshishi (+70 daraja) kuzatiladi.

Shu munosabat bilan temir yo‘llardan foydalanish qoidalariga ko‘ra relslarning harorati +55 darajadan oshganda poyezdlar harakati tezligi pasaytirilishi, ya’ni relslarning harorati +60 darajagacha bo‘lganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, +65 darajagacha 25 km/soatdan oshmasligi, +70 va undan yuqori darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring