Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda zamonaviy muz saroyi bo‘lgan Xokkey sport majmuasi quriladi

Toshkentda zamonaviy muz saroyi bo‘lgan Xokkey sport majmuasi quriladi

Sport vazirligi Xokkey sport turini rivojlantirish va ommalashtirishga doir Prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat xokkey ta’lim yo‘nalishiga qabul qilish kvotalarini haqiqiy extiyojlardan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqiladi.

2025 yildan boshlab esa har yili xokkey sport turi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar o‘tkazib boriladi.

Shuningdek, Toshkent shahrida innovatsion texnologiyalarga asoslangan, qimmat bo‘lmagan va energiya tejovchi materiallardan zamonaviy muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi va O‘zbekiston xokkey federatsiyasiga 49 yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi.

Belgilanishicha, tadbirkorlik sub’yektlariga xokkey sport turi uchun sport inshootlarini barpo etish bo‘yicha amalga oshiradigan loyihalariga, istisno tariqasida, Markaziy bank asosiy stavkasida «Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ, «Asakabank» AJ va «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan milliy valyutada 5 milliard so‘mgacha 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring