Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikaning eng saxiy milliarderlari kimlar — «Forbes» talqini

Amerikaning eng saxiy milliarderlari kimlar —  «Forbes» talqini

Foto: CBT

«Forbes» jurnali milliarder homiylarning yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi. Uorren Baffet, Bill Geyts, Jorj Soros, Mark Sukerberg kabi taniqli insonlar ro‘yxatga kiritildi.

Eng saxovatli amerikaliklar ro‘yxatida birinchi o‘rinda —  Uorren Baffet. U 2021-yili 4,1 milliard dollar xayriya qildi. Mablag‘larning bir qismi Bill va Melinda Geyts jamg‘armasiga — qashshoqlikka qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarish uchun ajratilgan.

Saxovatpesha milliarderlar orasida Makkenzi Skott («Amazon» asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi) ham bor (ikkinchi o‘rin). 2020 yilda 5,8 milliard dollar xayriya qilgan xonim 2021-yilda ham o‘z boyligini boshqa homiylarga qaraganda tezroq taqsimlashi bilan ajralib turdi.

Bezosning o‘zi esa xayriyachilar ro‘yxatida — 16-o‘rinda.

Mashhur Jorj Sorosning kichik liberal san’at kollejiga yarim milliard dollar o‘tkazish haqidagi va’dasi ham yirik xayriyalar ro‘yxatiga qo‘shildi(uchinchi o‘rin).

2021-yil yozida amerikalik milliarder, xayriyachi Jon Arnold xayriya jamg‘armalarini ochko‘zlikda ayblab, ularni «boylikni saqlash vositalari» deb atagandi.

So‘nggi o‘n yil ichida AQSh xayriya jamg‘armalarining umumiy mablag‘lari to‘rt baravarga oshib, 140 milliard dollarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring