Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden jurnalistning Putin haqidagi savoliga keskin javob berdi

Bayden jurnalistning Putin haqidagi savoliga keskin javob berdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Fox News telekanali jurnalistining Rossiya prezidenti bo‘yicha savolini ahmoqlik deb atadi. Bu haqda oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bayden Oq uyda Prezident huzuridagi Fan va texnologiya kengashi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tadbir avvalida zalda ommaviy axborot vositalari vakillari chaqirilgan. Jurnalistlar tadbirni tark etayotganlarida, Fox News vakili Baydenga: «Nega Putinning birinchi qadam qo‘yishini kutyapsiz?», deya savol bergan. (Jurnalist katta ehtimol bilan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi bo‘yicha prognozlarni nazarda tutgan)

Bunga Bayden: «Qanday ahmoqona savol?», deya javob bergan.

Oq uy matbuot xizmati savol qaysi kontekstda berilganiga aniqlik kiritmagan, ammo Amerika rahbari avvalroq Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solishga intilayotganliklarini bir necha bor ta’kidlagandi.

Oxirgi bir necha oy davomida G‘arb matbuoti va Ukraina Rossiya go‘yoki Ukrainaga «keng ko‘lamli bosqin»ga tayyorlanayotganini da’vo qilib kelmoqda.

Moskva tomoni esa buni qayta-qayta rad etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring