Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beruniyda o‘nlab bolalarni olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Beruniyda o‘nlab bolalarni olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida ichida bolalar bo‘lgan avtomashina halokatga uchragani haqida videoma’lumot tarqaldi.

Dastlabki rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqea bugun, 19 iyun kuni soat 09:55da Beruniy tumani Quruvchilar ko‘chasidan o‘tuvchi 4R161 avtomabil yo‘lining 16-17km larida sodir bo‘lgan.

Unda Beruniy tumani Shabboz OFYda yashovchi Beruniy tumanida yashovchi 1981-yil tug‘ilgan  S. G ismli fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Neksiya-3 mashinasi bilan harakatlanib borayotib, shu yo‘l chetida turgan Jentra avtomashinasi boshqaruvchisi U.K.  Neksiya-3 mashinasi oldiga chiqib yuborishi natijasida yo‘l transport xodisasi sodir qilgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida  Neksiya-3 mashinasi haydovchisi 1991 yil tug‘ilgan S.G, ushbu mashinada yo‘lovchi sifatida borayotgan 2018 yil tug‘ilgan voyaga yetmaganlar X. F va 2021 yil tug‘ilgan N. S lar tan jarohati olib Beruniy tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda ularning sog‘ligi joyida ekanligi aniqlangan.

Yuz bergan hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur voqeaga aloqador ekani aytilayotgan videotasvirlarda YTHda o‘n nafarga yaqin voyaga yetmagan bolalarning ishtirok etgani ko‘rinadi. Biroq rasmiy munosabatda bu haqda biror ma’lumot berilmadi.    

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring