Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dog‘istonda noma’lum shaxslar cherkov va politsiya mashinasini o‘qqa tutdi

Dog‘istonda noma’lum shaxslar cherkov va politsiya mashinasini o‘qqa tutdi

Dog‘istonda noma’lum shaxslar pravoslav cherkovi va sinagogani o‘qqa tutdi.

Mahalliy matbuotga ko‘ra, ular politsiya mashinalariga ham o‘q uzgan. Otishma Derbent shahrida sodir etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videotasvirlarda sinagoga yonayotganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, Dog‘iston poytaxti Maxachqal’ada ham otishma sodir bo‘lgan. Unda noma’lum shaxslar yo‘l-patrul xizmati postiga qarata o‘q uzgan.

Ayrim manbalar Maxachqal’a va Derbent o‘rtasidagi masofa taxminan 130 km.ni tashkil qilishi va ehtimol ikkala otishmada ham bir guruhning a’zolari bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

Derbentda bir ruhoniy va bir soqchining, Maxachqal’ada esa bir politsiyachi halok bo‘lgani aytilmoqda. Yaralanganlar ham bor.

Maxachqal’ada politsiyaga hujum qilganlarning ikki nafari otib o‘ldirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida qurbon va yaradorlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring