Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chaqmoq cho‘pon va ellikdan oshiq qo‘yni nobud qildi

Chaqmoq cho‘pon va ellikdan oshiq qo‘yni nobud qildi

Dog‘iston qishlog‘ida yashovchi cho‘pon chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda hudud ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Voqea No‘g‘ay tumanida, Shumli-Olik qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Cho‘pon qo‘ylarni boqayotgan edi, u chorva yaqinida bo‘lganda to‘satdan chaqmoq urdi. Natijada cho‘pon voqea joyida vafot etgan.

«Baxtsiz hodisa natijasida 50 dan ortiq qo‘y ham nobud bo‘ldi», - deya ma’lum qildi ichki ishlar bo‘limi.

Kp.ru nashrining yozishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda 37 yoshli cho‘pon telefonda gaplashayotgan bo‘lgan.

«Cho‘ponning qizi mo‘’jizaviy tarzda omon qoldi. U, ehtimol, chaqmoq ta’sir o‘tkazadigan joydan uzoqda bo‘lgan», deyiladi xabarda. 

Shuningdek, chaqmoq urgan yerdagi katta chuqurlik ham aniqlangan.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisaning barcha holatlarini o‘rganmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring