Elektron sigaretalarning juda xavfli xususiyati aniqlandi
Elektron sigaretalar burun bo‘shlig‘ida disbakteriozni keltirib chiqaradi va nafas olish kasalliklarini rivojlanish xavfini oshiradi. AQShdagi onkologlar shunday xulosaga kelishdi.
Tadqiqotchilar uch guruh ko‘ngillilar - chekmaydiganlar, veyp (elektron sigaret) va klassik sigaretlarni afzal ko‘radiganlardan burun epitelial suyuqligi namunalarini oldilar. Keyin ular sub’yektlarning burun mikrobiomasidagi bakteriyalarning turi va sonini aniqladilar.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, barcha chekuvchilarning burun mikrobiomasida zararli bakteriyalar, jumladan, tillarang stafilokokklar ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ushbu bakteriyalar hayot uchun xavfli infeksiyalarni keltirib chiqaradi, shuningdek o‘pka kasalliklari va astmani keltirib chiqaradi.
Qizig‘i shundaki, Lactobacillus iners deb nomlangan bitta foydali bakteriya chekmaydiganlarga qaraganda chekuvchilarda ko‘proq topilgan. Bu tanani nafas olish kasalliklaridan himoya qiladi.
Umuman olganda, olimlar chekish burun shilliq qavatida immunitet disfunksiyasini qo‘zg‘atishi mumkin degan xulosaga kelishdi, deb yozadi Nicotine and Tobacco Research.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter