Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropadagi davlat hukmdori taxtdan voz kechdi

Yevropadagi davlat hukmdori taxtdan voz kechdi

3 oktyabr kuni Lyuksemburgda mamlakatni chorak asr davomida boshqargan buyuk gersog Anrining taxtdan voz kechish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Guillaume, otasining mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan holda yangi davlat rahbari bo‘ldi.

Bu haqda xalqaro OAV, jumladan Assocaited Press xabar tarqatdi. 

70 yoshli Anrining taxtdan voz kechishi kutilmagan qaror emas. U o‘tgan yili taxtni o‘g‘liga topshirish qarorini e’lon qilgan edi. APning qayd etishicha, 43 yoshli Guillaume Sandxurst Qirollik harbiy akademiyasini tamomlagunga qadar Fransiya va Shveysariyada tahsil olgan. U bir qator yirik xalqaro kompaniyalarda ishlagan. U rafiqasi grafinya Stefani de Lannoy bilan 5 va 2 yoshli ikki o‘g‘ilni voyaga yetkazmoqda. 

Xabar qilinishicha, shahzodaning toj kiyish marosimi Buyuk Gersog Anri taxtdan voz kechganidan so‘ng darhol bo‘lib o‘tgan. Yangi Buyuk Gersog milliy parlamentning 60 a’zosi oldida Lyuksemburg konstitutsiyasiga sodiqlik qasamyod qildi.

Yangi davlat rahbari shanba kuni mamlakat bo‘ylab turnega chiqishi rejalashtirilgan. Bayram 5 oktyabr, yakshanba kuni Lyuksemburgdagi Notr-Dam soborida tantanali marosim bilan yakunlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring