Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada hokim yordamchisi qo‘lga tushdi

Farg‘onada hokim yordamchisi qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona shahri va Asaka tumanida imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar va hokim yordamchisi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «I.» MFY bo‘yicha hokim yordamchisi A.X. aholiga imtiyozli kredit olish uchun tavsiya qilish vakolati berilganligidan foydalanib, «Sh.» XK rahbari I.I. va fuqaro T.T. (firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ushbu MFYda yashamaydigan 2 nafar fuqaro nomiga jami 61,5 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ushbu mablag‘larini talon-toroj qilganliklari  aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.H., «N.» MFY bo‘yicha hokimning sobiq yordamchisi M.J. bilan o‘zaro til biriktirib, 2022 yilning avgust-oktyabr oylarida 7 nafar fuqaroga parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun 229,7 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ta’minotchi korxonalardan tovuqlarni qabul qilib olishib, fuqarolarga yetkazib bermaganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firigarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring