Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onalik soliqchi 30 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi

Farg‘onalik soliqchi 30 ming dollar olayotganida qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasining katta inspektori 30 000 AQSh dollari olayotganida qo‘lga tushdi.

Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash xizmat ko‘rsatish bo‘limi katta inspektori o‘z ukasiga 2023-yilda Farg‘ona tumani hududidan elektron auksion orqali 30 yil muddatga ijara asosida berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 000 AQSh dollari talab qiladi.

DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismia” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring