Iordaniya podshohi parlament quyi palatasini tarqatib yubordi
Iordaniya podshohi Abdulla II farmoni bilan payshanba kuni mamlakat vakillar palatasi (parlamentning quyi palatasi) tarqatib yuborildi.
Avvalroq Abdulla II mamlakatda parlamentga saylovlar o‘tkazishni buyurgandi (10-sentyabrda o‘tkaziladi).
Iordaniya parlamenti — ikki palatali. Vakillar (quyi) palatasiga saylovlar har to‘rt yilda o‘tkaziladi. Senat (yuqori palata) a’zolarini podshohning o‘zi tayinlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter