Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ixtisoslashtirilgan IT-maktabga qabul boshlandi

Ixtisoslashtirilgan IT-maktabga qabul boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019-o‘quv yili uchun 5-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.


Mavzu doirasida: Inhanigina emas, Oksfordni ham ko‘zlashyapti


Tanlov matematika, ingliz tili fanlaridan yozma shaklda davlat (o‘zbek) tilida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

  1. Maktab direktori nomiga ariza;
  2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
  3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  4. Yashash joyidan ma’lumotnoma (viloyatdan kelgan o‘quvchilar Toshkent shahrida yashovchi qarindoshlari tomonidan vasiylikka olinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart);
  5. 3x4 hajmda 6 ta fotosurat (oq fon, maktab formasida);
  6. O‘quvchining o‘zlashtirish tabeli nusxasi (1-4-sinf);
  7. Ota va ona pasport nusxalari;
  8. Hujjatlar jamlanmasi uchun papka (fayl papkasi).

Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida 2018-yil 2-20-iyul kunlari soat 9:00dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.

Telefon raqami: 262-15-29 (qabulxona), 262-15-38 (o‘quv bo‘limi)

Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bevosita videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring