Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda haqdor qarzdorning akasiga tegishli «Neksiya»ni yoqib yubordi

Jizzaxda haqdor qarzdorning akasiga tegishli «Neksiya»ni yoqib yubordi

Коллаж: «Xabar.uz»

Jizzaxlik Turg‘un Tolipovning (ism-shariflar o‘zgartirildi) tanishi G‘ulom Nazarovda haqi bor edi: 100 (yuz) ming so‘m! Shugina pulini ololmay ancha asabi qaqshadi. Pul — jigardan bo‘lgan, deydilar: ozmi-ko‘pmi — farqi yo‘q. Ayniqsa, o‘zingda zarurat tug‘ilganda qarzdor bermasa, alam qilarkan. G‘ulomda esa qarzini berish siyoqi ko‘rinmaydi.

Turg‘un Tolipov nima qildi? G‘ulomning ana-mana deb yuraverganidan jahli chiqib turganda ittifoqo «Neksiya»ga ko‘zi tushdi. Bu G‘ulomning akasiga tegishli mashina-ku?! Yaqin borib qarasa, mashinaning yon oynalari ochiq. Ukasining alamini aksidan olishga qasd qildi. Va... «Neksiya»ning ichi-yu ustiga benzin sepib, shartta o‘t qo‘yib yubordi!

...Mutaxassislar mashinaga yetkazilgan zarani 39.664.701 so‘m deb baholadi. Bu miqdor jinoyat ishi qo‘zg‘atishga yetib ortdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi Turg‘un Tolipovni O‘zbekiston Respublikasi JK 173-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topdi. Jazo tayinlashda uning 2-guruh nogironi ekanini e’tiborga olib, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida, ya’ni 8.612.000 so‘m jarima jazosi tayinladi.

Zarar-chi? Albatta aybdordan undiriladi-da. Boshqa bo‘lishi mumkinmi o‘zi?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring