Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirobodda tadbirkorlarning pulini o‘zlashtirgan hisobchi fosh bo‘ldi

Mirobodda tadbirkorlarning pulini o‘zlashtirgan hisobchi fosh bo‘ldi

Foto: Xabar. uz

Mirobod tumanida tadbirkorlarning 951 mln so‘m pullarini qo‘lga kiritgan sobiq bosh hisobchi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

“V.F.”, "V.I." va "V.V." MChJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlagan X.G. ushbu korxonalarning rahbarlari A.I. va I.D.ning xabardorligisiz jami 951 mln so‘m pullarini o‘ziga tegishli bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring